English
Русский
O`zbekcha
Bosh sahifagaKirishBepul xabarAloqalar

UzReport SAYTIDAN FOYDALANISH QOIDALARI

UzReport veb-sayti (keyingi o'rinlarda Sayt)dan foydalanish quyidagi shartlarni(foydalanish qoidalari) qabul qilishni nazarda tutadi. Saytda ro'yxatdan o'tishdan avval yoki saytdagi barcha xizmat turlaridan foydalanishdan oldin Saytdan foydalanish qoidalari bilan tanishib chiqing. Saytning istalgan xizmatiga murojaat qilishingiz, yuridik chegaralanib va foydalanish qoidalariga amal qilishga rozi ekanligingizni bildiradi.

RO'YXATDAN O'TISH VA FOYDALANISH ORQALI QOIDALARNI QABUL QILISH

Saytda ro'yxatdan o'tish va foydalanish sizning Foydalanish qoidalarida aks etib, eslatib o'tilgan qoidalari bilan rozi ekanligingizni bildiradi. Agarda siz ushbu qoidalar bilan rozi bo'lmasangiz Saytda ro'yxatdan o'tmang va sayt xizmatlaridan foydalanmang. Biz, o'z xohishimizga ko'ra Foydalanish qoidalarini takomillashtirishimiz yoki foydalanish shartlarini ko'rib chiqishimiz mumkin. Vaqti-vaqti bilan Foydalanish qoidalarini kuzatib borishingizni so'raymiz. Saytga o'zgarishlar kiritilgandan so'ng undan uzoq vaqt davomida foydalanish - ushbu o'zgarishlar bilan rozi ekanligingizni bildiradi.

RO'YXATDAN O'TISH VA XAVFSIZLIK

UzReport a'zoligiga qabul qilinish uchun ro'yxatdan o'tayotgan vaqtingizda sizdan o'zingiz haqingizda, jumladan, uy manzilingiz, telefoningiz, ismingiz, barcha-barchasi haqida to'liq ma'lumot berishingiz so'raladi. Siz ro'yxatdan o'tish vaqtida o'zingiz haqingizda to'liq ma'lumot berishga rozilik bildirasiz. Siz haqingizdagi ma'lumotlar bizning Sir saqlash Siyosatimizga bo'ysundiriladi. Ro'yxatdan o'tish shaklini to'ldirishingiz bilan sizga Saytning barcha sahifalariga kirish imkonini beruvchi kalit so'z beriladi. Bunday huquqqa faqatgina UzReport A'zolarigina ega bo'lib, saytdagi barcha axborot va xizmatlardan siz haqingizdagi ma'lumotlarga qarab foydalanish huquqi beriladi. Bizning Sir saqlash Siyosatimizda belgilab qo'yilganidek, siz o'z kalit so'zingizni hamisha sir saqlab, boshqalarga foydalanish uchun oshkor etmasligingiz zarur. Saytning normal ishlashi bilan mojaroga boradigan yoki uni zararlantiradigan har qanday uskuna, dasturiy ta'minot yoki virus, troyan otlari, qurtlari, vaqt bombasi yoki "cancelbot"lardan foydalanish ta'qiqlanadi. Shuningdek, bizning saytimizda har qanday auksion yoki savdolarni amalga oshirish yoki saytning shaxsiy ma'lumotlari va axborotlarini bildirmasdan o'g'irlash yoki sayt tizimlariga egalik qilish ta'qiqlanadi.

BOSHQA SAYT VA XIZMATLARDAN ISHORA

UzReport ning yozma ruxsatisiz, yoki kelishilgan boshqa hollarda siz Saytga quyidagi shartlarni saqlagan holda gipertekstli ishorani qo'yishingiz mumkin: a) ishora yoki aniq belgilangan "UzReport.com" tekstli, yoki http://www.uzreport.com ko'rinishida bo'lishi lozim; b) ishora UzReport sayti doirasidagi boshqa sahifalarga emas, balki http://www.uzreport.com URL ga olib borishi zarur; c) foydalanuvchi tomonidan ishora bosilganda UzReport ga ishora qiluvchi sayt freymlaridan biri sifatida emas, balki UzReport sayti to'liq ekranda aks etishi lozim; d) ishoraning tashqi ko'rinishi, joylashishi va boshqa xususiyatlari bizning nomimiz bilan bog'liq obro'ni, savdo belgini yoki bizning saytga ishora qilayotgan sayt to'g'risida go'yoki homiy sayt kabi soxta taassurotlar uyg'otmasligi lozim. Biz o'z navbatida xohishimizga ko'ra saytimizga ishorani joylashtirishga ruxsat bermaslik vakolatiga egamiz.

UCHINCHI TOMON YETKAZIB BERUVCHILARI

"UzReport" Saytda siz uchun uchinchi tomonlar(Yetkazuvchilar) to'g'risida ishoralarni taqdim etishi mumkin. Ular esa o'z navbatida UzReport a'zolari uchun maxsus chegirmalarni taklif etishlari mumkin. Siz quyidagilarni tan olasiz va roziligingizni bildirasiz:

  • Bunday Yetkazuvchilar bilan barcha savdolar sizlarning o'rtangizda individual ravishda amalga oshiriladi, bunga UzReport ning hech qanday aloqasi yo'q.
  • UzReport Siz va Yetkazuvchilar uchun amalga oshiriladigan har qanday savdoda agent yoki vakil va ishonchli vakil emas.
  • Yetkazuvchilar bilan har qanday savdolar qoida va shartlar bilan muvofiqlashtiriladi, bunda Yetkazuvchilar siz bilan xizmat yoki tovarni taqdim etish borasida kelishib oladilar.
  • "UzReport" Yetkazuvchilar tomonidan taklif qilinadigan har qanday xizmatlarga hech qanday kafolat va ular haqida izoh bermaydi.
  • Siz Yetkazuvchilar bilan barcha savdolarni xavf-xatarni o'zingizning bo'yningizga olgan holda amalga oshirasiz.
  • Yetkazuvchilar haqida Saytda e'lon qilingan barcha ma'lumotlarni Yetkazuvchilar va uchinchi tomon yetkazib bergan. Shuning uchun ham uning to'g'riligi va haqqoniyligiga UzReport kafolat bermaydi.
  • Agarda Yetkazuvchilardan biri sizlarga maxsus taklif va chegirmalar taqdim etmasa bu haqda biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz.
  • MULKCHILIK HUQUQLARI

    Siz ushbu Saytdagi barcha materiallar mulkchilik huquqlari, savdo markalari, xizmat ko'rsatish markalari, patentlar, savdo sirlari va mulkchilik huquqlarining boshqa qonun va huquqlari bilan himoyalanganligini tan olasiz va bunga roziligingizni bildirasiz. Boshqa hollarda siz ushbu materiallarni sotmaslikka, litsenziyalash, ijaraga olish, o'zgartirish, tarqatish, nus'ha olish, nashr etish, birovga berish, ommaga ko'rsatish, ommaviy ijro etish, moslashtirish, tahrirlash yoki boshqa ishlarni amalga oshirmaslikka rozilik bildirasiz. Lekin yuqoridagilarga qaramasdan siz Saytdagi materiallardan bir nus'ha olib o'zingizning shaxsiy faoliyatingizda, birovlarga tijorat asosida bermasdan, barcha mualliflik va mulkchilik huquqlari saqlangan holda foydalanishingizga ruxsat beriladi. Doimiy ravishda ushbu Saytdan materiallar olib, ularni yig'ib borish, ma'lumotlar bazasi yoki ma'lumotnoma tayyorlash UzReport ning yozma ruxsatisiz ta'qiqlanadi. Bundan tashqari materiallardan istalgan maqsadda foydalanishga ushbu Qoidalar bilan ruxsat berilmagan bo'lsa - ta'qiqlanadi.

    MUALLIFLIK HUQUQLARI

    Ushbu saytdagi barcha materiallar: matn, grafika, logotip, tugmacha, tasvir, audio klip va dasturiy ta'minotlar UzReport yoki kontent yetkazuvchilarning mulki hisoblanadi va mualliflik huquqlari to'g'risidagi xalqaro qonunlar bilan himoyalangan. Saytni tashkil etuvchi barcha mazmundagi materiallar faqatgina UzReport ning mulki hisoblanadi va mualliflik huquqlari to'g'risidagi xalqaro qonunlar bilan himoyalangan. Ushbu Saytda qo'llanilayotgan barcha dasturiy ta'minotlar UzReport ning mulki hisoblanadi va mualliflik huquqlari to'g'risidagi xalqaro qonunlar bilan himoyalangan. Saytning mazmuni va dasturiy ta'minotdan faqatgina UzReport nazarda tutgan hollardagina foydalanish mumkin. Boshqa barcha hollarda ushbu Saytning materiallaridan foydalanish qat'iyan ta'qiqlanadi.

    SAVDO MARKASI TO'G'RISIDA XABAR

    Saytda paydo bo'ladigan grafika, logotip va boshqa xizmatlar nomi savdo markasi va UzReport xizmat markasi bo'lib, UzReport ga tegishli bo'lmagan har qanday mahsulot yoki xizmat turi bilan, foydalanuvchilar yoki mijozlar o'rtasida chalkashlik keltirib chiqarmasligi, hamda istalgan uslub bilan UzReport sha'niga nomaqbul bo'lgan xatti-harakatlarni oldini olish uchun birgalikda ishlatishga ruxsat berilmaydi.

    FOYDALANUVCHI TOMONIDAN CHEKLANGAN LITSENZIYANI TAQDIM ETISH

    Siz tomoningizdan ushbu saytda nashr etilgan istalgan materialga nisbatan, masalan, forumlarda va e'lonlar taxtachasida, Siz a) UzReport va uning hamkorlari, shuningdek litsenziya egalari sizning materialingizdan foydalanishi, namoyish etishi, moslashtirishi, o'zgartirishi, tarqatishi va istalgan shaklda istalgan yerda va istalgan maqsadda targ'ib etishi mumkinligini nazarda tuting; va b) Sizning UzReport da rasmiy nashr etilgan materialingiz uchinchi tomonning huquqlarini buzmasligiga kafolat berasiz.

    KAFOLATLARNING IZOHI

    Ushbu Saytga kiritilgan yoki u orqali olish imkoniyati bo'lgan barcha materiallar, ma'lumotlar, dasturiy ta'minot, mahsulot va xizmatlar sizning foydalanishingiz uchun "bordek" va "ruxsat berilgan" tarzida beriladi. Mazmun yaqqol yoki nazarda tutilgan, jumladan yuqori sifatli talabni o'zida mujassamlashtirib, ma'lum bir maqsadga mos ravishda qonunlarni buzmagan holda hech qanday kafolatsiz taqdim etiladi. UzReport va uning filiallari, mazmunning aniq, ishonchli va to'g'riligiga, ushbu Saytga istalgan yerda va istalgan vaqtda kirish imkoniyati borligiga, har qanday xato va nuqsonlarning tuzatilishiga, ma'lumotlarda virus yoki boshqa har qanday zararli unsurlarning yo'qligiga kafolat bermaydi. Siz ushbu Saytdan xatarlarni o'z zimmangizga olgan holda foydalanasiz. Ayrim yurisdiksiyalar ba'zi istesnolarga ruxsat bermaganligi sababli, ushbu istesnolar sizga ham tadbiq etiladi.

    MAJBURIYATNI CHEGARALASH

    Ushbu Saytda ba'zi xizmatlarga nisbatan maxsus kelishib olingan hollardan tashqari, UzReport va uning filiallari ushbu Saytdan foydalanishdan kelib chiqqan yoki foydalana olmaslik oqibatidagi har qanday to'g'ridan-to'g'ri, nisbatli, jazolanadigan, kutilmagan, maxsus yoki keyingi zararlar uchun javobgar bo'lmaydi. Taxmin qilinayotgan majburiyat shartnomaga asosan bo'ladimi, qonuniy huquqlarning buzilishi bo'ladimi, ehtiyotsizlik, jiddiy mas'uliyat yoki har qanday boshqa asosda, UzReport bunday zarar haqida ogohlantirilgan bo'lsa ham ushbu chegaralash haqiqiy hisoblanadi. Ba'zi yurisdiksiyalar kutilmagan yoki kelib chiqadigan zararni hisobga olish yoki chegaralashga ruxsat bermaydi. Bunday yurisdiksiyalarda UzReport ning javobgarligi qonun tomonidan ruxsat berilgan darajada chegaralanadi. Agarda yuqorida keltirilgan holga qaramay UzReport ushbu Saytdan foydalanish tufayli ko'rilgan zarar yoki yo'qotishda aybdor deb topilsa, Siz UzReport ning javobgarligi ushbu saytdan foydalanish uchun to'langan pul miqdoringizdan yuqori bo'lmasligiga rozilik berasiz.

    ZARARNI QOPLASH

    UzReport so'rovnomasi bo'yicha Siz Saytdan foydalanganligingiz va noto'g'ri foydalanganligingiz oqibatida UzReport hamda uning filiallariga va unga birlashgan boshqa kompaniyalarga, uning xizmatchilariga, xizmat ko'rsatuvchilariga, rahbarlariga va direktorlariga qandaydir qarzlar, so'rovlar va xarajatlar bilan bog'liq, bu yerga sud xarajatlari ham kiritiladi, barcha zararlarni qoplashga, zarar yetkazmaslikka va himoya qilishga rozilik bildirasiz. UzReport o'zida Siz tomoningizdan zararni qoplash zarur bo'lgan har qanday savolga yechim topishga harakat qilish vakolatini saqlab qoladi, bunday holda siz UzReport bilan hamkorlik qilasiz.

    UCHINCHI TOMONNING FOYDALANUVCHILARI

    Agarda siz o'zingizning kalit so'zingiz bilan uchinchi tomonga Saytga kirishga ruxsat bersangiz, siz uchinchi shaxsni yuqoridagi barcha foydalanish qoidalari haqida xabardor qilishingiz zarur. Shuningdek, siz UzReport ni himoyalashingiz hamda uchinchi shaxs tomonidan noto'g'ri foydalanish natijasida yetkazilgan zararni qoplashingizga to'g'ri keladi va siz bunga rozilik berasiz.

    SAYTDAN FOYDALANISH

    Ushbu Sayt yoki uning istalgan bo'limidan UzReport ning ruxsatisiz tijorat yo'lida foydalanish, nus'ha olish, sotish yoki boshqacha qilib aytganda tijorat yo'lida foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. UzReport va uning hamkorlari agarda Sizning harakatlaringiz qonunni buzadigan bo'lsa yoki UzReport ning manfaatlari xavfli deb topilsa o'z xohishlariga qarab xizmat ko'rsatishdan bosh tortishi, hisob varag'ini yopishi yoki buyurtmalarni bekor qilishi mumkin. Siz ushbu Saytdan foydalanganlik uchun istalgan javobgarlik uchun yuridik majburiyatni o'z zimmangizga oladigan darajada yuridik yoshga egaligingizni tasavvur qilasiz.

    FOYDALANUVCHINING O`ZINI TUTISHI

    UzReport a'zolari yoki Sayt foydalanuvchilari haqida axborot to'plamaslikka yoki ushbu ma'lumotni sanksiyalanmagan elektron pochta yoki kommunikatsiyani yubormaslikka rozilik berasiz.

    FOYDALANUVCHILAR SHARHLARI, O`ZARO ALOQA VA BOSHQA AXBOROT

    UzReport tomonidan taklif qilinayotgan yoki ushbu Saytdan foydalanishingiz oqibatida paydo bo'layotgan barcha sharhlar, o'zaro aloqa, taklif va fikrlar UzReport ning shaxsiy mulki hisoblanadi va bulardan UzReport tomonidan istalgan yerda va istalgan maqsadda dunyoning istalgan yerida sizning ruxsatingizsiz ham foydalanish mumkin.

    UzReport INVESTITSION MASLAHATCHI EMAS

    UzReport investitsion hamkor, maslahatchi emas hamda u hech qanday investitsion menejer, maslahatchi va maslahat beruvchi firma bilan bog'lanmaganini Siz tushungan holda rozilik bildirasiz. Ushbu Saytdagi ma'lumotlar faqatgina ta'limiy va axborot maqsadlariga mo'ljallangan. O'z navbatida UzReport istalgan investitsiyaning yaroqliligi yoki sifati borasida maslahatlar bermaydi hamda ushbu Saytda tajribali panelchi, maslahatchi, investitsion menejer yoki moliyaviy xizmatlar yetkazuvchilar tomonidan taklif qilingan har qanday investitsion yechimlar yoki maslahatlar, davolash va xizmatlar uchun javobgar bo'lmaydi. Istalgan investitsiyani sotish yoki sotib olishdan avval narx va boshqa ma'lumotlarni tekshirib olish uchun o'zingizning investitsion yoki moliyaviy maslahatchingiz bilan maslahatlashishni tavsiya qiladi. UzReport Saytdagi materiallarning natijalari yoki ular asosida kelib chiqadigan investitsion yechimlar uchun hech qanday majburiyatni olmagan.

    XALQARO FOYDALANISH

    UzReport ushbu Saytdagi materiallar O'zbekistondan tashqarida ham mos kelishi yoki foydalanishga imkon borligini nazarda tutmaydi va uning mazmuni noqonuniy hisoblangan hududlardan UzReportga kirish ta'qiqlanadi. Ushbu Saytga boshqa yerlardan kirayotgan foydalanuvchilar bu ishni o'z xohishlari bilan amalga oshirishadi hamda mahalliy qonunlarni nazarda tutishlariga mas'uldirlar.

    HUQUQIY ASOSLAR

    UzReport sayti (UzReport dan boshqa saytlarga o'tib ketish uchun xizmat qiladigan ishoralar bundan mustasno) bizning O'zbekistondagi ofisimizdan turib boshqariladi. Unga dunyoning boshqa mamlakatlaridan ham murojaat qilishlari mumkin. Har qanday davlat albatta shunday qonunlarga egaki, uning ba'zi moddalari O'zbekiston qonunchiligidan farq qilishi mumkin, bunday holda siz Saytga kirish chog'ida ushbu Foydalanish shartlari va UzReport saytidan foydalanish barcha munosabatlarda mahalliy mustaqil va xalqaro qonunlar bilan muvofiqlashtirilishiga rozilik bildirasiz. UzReport ushbu Saytdagi materiallar O'zbekistondan tashqarida ham mos kelishi yoki foydalanishga imkon borligini nazarda tutmaydi va uning mazmuni noqonuniy hisoblangan hududlardan UzReportga kirish ta'qiqlanadi. Ushbu Saytga boshqa yerlardan kirayotgan foydalanuvchilar bu ishni o'z xohishlari bilan amalga oshirishadi hamda mahalliy qonunlarni nazarda tutishlariga mas'uldirlar.

    Bu yerda alohida kelishib olingan holatlardan tashqari ushbu Foydalanish shartlari Siz va UzReport o'rtasida ushbu Saytga nisbatan to'liq kelishuvni bildiradi va bu Sayt borasidagi Siz va UzReport orasidagi avvalgi yoki bir martalik kommunikatsiya va takliflarning (og'zaki, yozma yoki elektron) o'rniga amalga kiritiladi. Agarda ushbu Foydalanish shartlarining biron-bir qismi amal qilmaydigan yoki amalga oshirib bo'lmaydigan bo'lsa, unda bu holat tomonlarning eng avvaldan nazarda tutilgan niyatlarini to'liq aks ettirish uchun qonunda qo'llanadigan usul bilan ko'rib chiqilishi lozim, boshqa qismlari esa to'liq kuchga ega bo'lishi lozim.

    ISTESNO

    UzReport o'z xohishiga ko'ra Sizni ogohlantirib yoki ogohlantirmay istalgan vaqtda sizga Saytning barcha yoki istalgan bo'limlariga kirish huquqini bekor qilishi mumkin. Shuningdek, Siz ham istalgan vaqtda UzReport dagi A'zolikdan voz kechishingiz mumkin.

    BIZ BILAN QANDAY BOG'LANISH MUMKIN

    Agarda Sizda ushbu Foydalanish shartlari yoki Sayt bo'yicha qandaydir savol yoki sharhlaringiz bo'lsa, bizga quyidagi telefon orqali murojaat qilishingizni so'raymiz: (+998-71) 136-00-55 yoki elektron pochta: info@uzreport.com, info@corp.uzreport.com.

    UzReport dagi sir saqlanishi to'g'risidagi yo'riqnoma

    UzReport o'z foydalanuvchilarining sir saqlanishiga katta e'tibor bilan qaraydi. Sir saqlash individual xizmat ko'rsatishdagi eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu yo'riqnoma UzReport dagi ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonini namoyon etadi. Agarda sizda UzReport dagi o'zingizning shaxsiy ma'lumotlaringiz qayta ishlanishi jarayoni borasida qandaydir talablaringiz bo'lsa, biz bilan quyidagi elektron pochta orqali bog'lanishingiz mumkin: info@uzreport.com, info@corp.uzreport.com.

    Hamma loyihalarimiz
    Biznes Sport
    Moliya Ko'rgazmalar
    Sug'urta Foto galereya
    Birjalar Bo'sh o'rinlar
    Madaniyat Web reyting
    Tenderlar   Amalda bo'lgan   Arxiv
    Atrof muhitni saqlash (1)
    Boshqalar (1)
    Energetika (0)
    Informatika va aloqa (0)
    Kimyo sanoati (0)
    Ko'chmas mulk (0)
    Moliyalar (0)
    Qishloq xo'jaligi va o'ziq ovqat (0)
    Qurilish (0)
    Sanoat (0)
    Shaxar xo'jaligi (0)
    Sog'liqni saqlash (0)
    Sotsial ta`minot (0)
    Suv ta`minoti (0)
    Ta`lim (0)
    Tijoriy xizmatlar (0)
    Tog` sanoati (0)
    Transport (0)
    Turizm (0)
    Xukumat sektori (0)
    Biz haqimizda | Aloqalar | Qoidalar | Ma'lumotlar Mahfiyligi
    Copyright © 1999 — 2017, UzReport
    UzReport'ning yozma ravishdagi ruhsatisiz sayt materillarini barcha
    shakllarda tashkil etish va tarqatish qat'iyan man etiladi.